Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatdagi darsliklar uchun qay tartibda toʻlov qilinadi?

Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatdagi darsliklar uchun qay tartibda toʻlov qilinadi?

Amaldagi qonunchilikka koʻra, yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar uchun oʻquvchining ota-onasi, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oʻqituvchilardan quyidagi tartibda toʻlov undiriladi:

 

–  darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar koʻrinishida;

 

Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymat miqdorida:

 

–  birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

–  2 – 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;

–  5 – 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.