Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan birinchi umumta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Sardor Farmonov 15 millionga yaqin oylik maosh olmoqda.
Sardor Farmonovning aytishicha, vazir jamg’armasi va sertifikatlarga muntazam ravishda qatnashgan va birinchi yilda ham ikkinchi yilda ham vazir jamg’armasidan ustama olishga erishgan.
Shuningdek, Sardor Farmonov A+ darajadagi milliy sertifikatga ega oliy toifali o’qituvchi hamdir. Ustozning o’quvchilari har yili fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib keladi.
«Hozirgacha ustama va sertifikatlar bilan birga to’lanadigan oylik maoshim 14 milliondan oshadi. O’qituvchilarga berilayotgan sharoitlar va keng imkoniyatlardan kelib chiqib o’quvchilarimizni bor bilim va kuchimiz bilan o’qitushga va ularning yuqori marralarga erishishga harakat qilamiz», – deydi Sardor Farmonov.
