Harbiy vatanparvarlik boʻyicha yangi darsliklar ishlab chiqilishi mumkin

Harbiy vatanparvarlik boʻyicha yangi darsliklar ishlab chiqilishi mumkin

Bugun, 24 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha axborot berildi.

 

Unda Oʻzbekiston Prezidentining shu yil 15-noyabrdagi qaroriga muvofiq, oʻquvchilarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimiga eʼtibor kuchaydi.

 

 

Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga koʻpaytirildi. Ushbu yoʻnalish oʻqituvchilari nufuzini oshirish uchun ularga harbiy unvon berish tartibi belgilandi.

 

 

Shuningdek, kelgusi oʻquv yiligacha bu fan boʻyicha yangi darsliklar ishlab chiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori oʻqituvchilar ishga jalb etilishi kutilmoqda. Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta taʼlim maskanida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar ham qamrab olinadi.