Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani aytilmoqda

Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin boʻlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga koʻra, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

FVV hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini bildirdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠