Har bir olimga umr bo‘yi saqlanadigan maxsus raqam beriladi

Har bir olimga umr bo‘yi saqlanadigan maxsus raqam beriladi

O‘zbekistonda ilmiy tashkilotlar uchun yagona reyestr joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tashkilotlarni ro‘yxatga olish bepul bo‘lib, arizalar 4 ish kunida ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Olimlarga esa umrbod o‘zgarmaydigan ilmiy identifikatsiya raqami beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qaroriga muvofiq, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar yagona reyestrga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uni Innovatsion rivojlanish agentligi maxsus axborot tizimi orqali yuritadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reyestrga qanday kiritiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashkilot rahbari yoki mas’ul xodim Davlat xizmatlari markazi yoxud my.gov.uz orqali ariza topshiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xizmat bepul, ariza 4 ish kunida ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kamchiliklarni tuzatish uchun 3 ish kuni beriladi, ijobiy qarordan keyin tashkilot 1 ish kunida reyestrga kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reyestrga O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va “Yagona milliy mehnat tizimi”da mavjud tashkilotlar kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Arizani faqat hujjatlarda xato bo‘lsa, zarur hujjatlar yetishmasa yoki tashkilot talablarga mos kelmasa rad etish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimlarga umrbod raqam beriladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga ilmiy identifikatsiya raqami avtomatik va bepul beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U bir marta ajratiladi va familiya yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar o‘zgarganda ham saqlanib qoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Raqam boshqa shaxsga berilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tashkilot rahbari barcha xodimlarning shunday raqamga ega bo‘lishini nazorat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reyestr tashkilotlarga nima beradi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reyestrga kiritilgan tashkilot uchun shaxsiy kabinet ochiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U orqali agentlik axborot tizimlaridan foydalanish, ilmiy loyihalar va tanlovlarga ariza topshirish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tashkilot va xodimlarning ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar ham shu yerda jamlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tizim qachon ishga tushadi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 2027-yil 1-yanvargacha — reyestrning maxsus axborot tizimi;
  • 2027-yil 1-fevralgacha — ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlarida;
  • 2027-yil 1-aprelgacha — ilmiy va innovatsion faoliyatning yagona elektron bazasi ishga tushiriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o’tamiz, avvalroq Ilmiy daraja beruvchi kengashlar faoliyatini 100 ballik tizim asosida baholab, natijalariga ko‘ra reyting guruhlariga ajratish taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Reyting natijalariga qarab faoliyatida kamchiliklar aniqlangan kengashlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠