16 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz onalarning daromadining belgilangan qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq, mazkur toifadagi ayollarning har oylik daromadining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravarigacha bo‘lgan qismidan daromad solig‘i undirilmaydi.
Hozirda bu miqdor 1 million 917 ming 600 so‘mni tashkil etadi.
Soliq imtiyozidan foydalanish uchun har bir bola bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim.
Avvalroq, ota-onalar farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga joylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lumot bergan edik.
