Ertaga ayrim fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

Ertaga ayrim fanlardan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha 2026-yil ikkimchi yarmi uchun imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida oʻtkazilishi belgilangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dekabr oyida geografiya, ona tili va adabiyot, tarix va huquqshunoslik fanlaridan navbatdagi imtihonlar boʻlib oʻtadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu fanlar boʻyicha arizalar 20-noyabrdan boshlab 4-dekabrga qadar qabul qilinadi va imtihonlar 25-29-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ariza yuboradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, sertifikat imtihonlariga limit belgilangani sababli oʻz hududi boʻyicha joylar toʻlib qolgan holatda, imtihon topshirish uchun boshqa hududni ham tanlashi mumkin va oʻsha tanlagan joyida imtihon topshiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Milliy sertifikat imtihoni uchun ro’yxatdan o’tganlar 24 soat ichida to’lov qilishlari kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aks holda ariza bekor qilinadi va bo’sh o’rinlar uchun boshqa arizalar qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠