Tibbiyot texnikumlaridan biri kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻta olmadi

Tibbiyot texnikumlaridan biri kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻta olmadi

Shahrisabz shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan tashqi baholashda ta’lim jarayoni, pedagoglar va moddiy-texnik bazaga oid qator kamchiliklar aniqlangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining aniqlashicha, 900 o‘rinli texnikumda hozirda 4 ta ta’lim dasturi bo‘yicha 1 164 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Baholashda 37 ta mezondan 29 tasi ‘‘muvofiq’’ 3 tasi ‘‘qisman muvofiq’’, 5 tasi esa ‘‘muvofiq emas’’ deb topilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum bo’lishicha, amaliy mashg‘ulotlarda 15 kishilik xonalarda 30 nafardan o‘quvchi shug‘ullangani, ayrim pedagoglarning yillik yuklamasi 1 950 soatga yetgani, 27 ta to‘garakdan 25 tasining reja va dasturi mavjud emasligi, moddiy-texnik jihozlanish darajasi 72 foizni tashkil etgani kabi kamchiliklar aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ‘‘Hamshiralik ishi’’, ‘‘Feldsherlik ishi’’, ‘‘Funksional diagnostika ishi’’ va ‘‘Farmatsiya’’ yo‘nalishlarining hech biri akkreditatsiya talablariga to‘liq javob bermagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun 27 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan reja ishlab chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning ijrosi Taʼlim sifatini taʼminlash Milliy agentlikning elektron platformasi orqali nazorat qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠