Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Madamin Raximov tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimligida faoliyat yuritgan.

 

Madamin Umarovich Raximov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida ishlab, tizimni rivojlantirish va takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etgan. So‘nggi yillarda Toshkent shahar hokimligida faoliyat olib borgan.

 

Ushbu tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.

 

Ma’lumot uchun, mazkur lavozimda avval Burxonov Shukur Burxanovich faoliyat yuritgan. U 2025-yil 19-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

 

Avvalroq, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida yana bir tayinlov amalga oshirilganligi haqida xabar berilgan edi. Vazir buyrug‘iga ko‘ra, Moʻminov Sarvar Murodovich Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.