Yaponiyada magistraturada bepul o‘qishni istagan davlat xizmatchilari uchun JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi. Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Yaponiyaning JDS stipendiya dasturi doirasida O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi. Dastur doirasida nomzodlar Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul ta’lim olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid) stipendiya dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar 2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Yoshi: 25–40 yosh;
- Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
- Ish tajribasi: kamida 2 yil;
- Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
Dastur bo‘yicha onlayn seminarlar o‘tkaziladi
JDS stipendiya dasturi haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida noyabr oyida bir nechta onlayn seminar tashkil etiladi. Ularda dastur shartlari, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni tushuntiriladi.
Seminarlar quyidagi kun va vaqtlarda o‘tkaziladi:
- 3-noyabr — 15:00–16:30;
- 5-noyabr — 11:00–12:30;
- 10-noyabr — 15:00–16:30;
- 12-noyabr — 11:00–12:30;
- 17-noyabr — 15:00–16:30;
- 19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://jds-scholarship.org/
JDS loyihasi ofisi Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazining 2-qavatida joylashgan.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61;
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org;
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor vazifasini bajarish yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
