Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Fransiya poytaxti Parijda o‘quvchilarning norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan talabalar Luvr muzeyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Natijada muzey 19-oktyabr kuni tashrif buyuruvchilar uchun odatdagi vaqtda ochilmadi.

 

Sentyabr oyidan beri davom etayotgan namoyishlar sabab Fransiya bo‘ylab 400 dan ortiq maktablar yopildi. Ushbu noroziliklarning asosiy sababi ta’lim doirasidagi kamchiliklar hisoblanadi.

 

Avvalroq, Fransiyada namoyishchilar Luvr va Eyfel minorasini vayron qilish bilan tahdid qilgan. Bugun esa namoyishchilar Luvr muzeyi oldida kirish joyini bloklab qoְ‘ydi.

 

Fransiya OAVlari xabariga ko‘ra, joriy yil 19-oktyabr kuni o‘quvchilar maktablarda davom etayotgan norozilik namoyishlarini qo’llab-quvvatlash va politsiya o‘tkazayotgan bosimini qoralash uchun Parijdagi Luvr muzeyiga kirishni to‘sib qo‘yishgan.

 

Le Parisien nashrining muzey ma’muriyati va kasaba uyushmalari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, namoyish sababli muzey odatdagi ochilish vaqti — soat 9:00 da tashrif buyuruvchilar uchun ochilmagan.

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

 

Aksiyani Luvr maktabi (Ecole du Louvre) talabalari boshqargan. CFDT kasaba uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya Milliy tasviriy san’at maktabi talabalari ham namoyishda qatnashgan.

 

Luvr muzeyi hududida joylashgan Ecole du Louvre oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unda san’at tarixi, arxeologiya, antropologiya va muzeyshunoslik kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.

 

Muzeyning mazkur holat bo‘yicha munosabati

 

Muzey ma’muriyati norozilik namoyishi Luvrning o‘ziga bevosita aloqador emasligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, namoyishchilar muzeydan o‘z noroziliklarini keng jamoatchilikka yetkazish vositasi sifatida foydalanmoqda.

 

Ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlagan, biroq unda bevosita ishtirok etmagan CGT kasaba uyushmasi muzey kamida tushgacha yopiq qolishini ma’lum qilgan.

 

Namoyishchilar o‘z harakatlarini munosib sharoitlarda o‘qish, ishlash va erkin yashash huquqi uchun olib borilayotgan kengroq kurashning bir qismi sifatida izohlagan.

 

Parijning norozi talabalar namoyishi “Luvr”gacha yetib keldi (video)

 

Mazkur namoyishlar Fransiyaning bir necha shahrida tartibsizliklar bilan kechgan. Tartibsizliklar Italiyaga ham yetib kelgan.

 

Kuni kecha Bordo shahrida Guerlain, Hermès, Louis Vuitton, Sephora, Apple Store va video-o‘yinlar do‘konlari butunlay talontaroj qilindi, Marselda esa Rolex do‘koni tunab ketilgan. Limojsdagi tarixiy shahar hokimiyati binosi yo‘q qilingan, namoyishchilar poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylariga yetib borish bilan tahdid qilgan.

 

Ko‘chalarda politsiya bilan qattiq to‘qnashuvlar, pogromlar va yong‘inlar davom etmoqda, Yelisey maydonida barrikadalar qurilgan. Ekspertlarning baholashicha, Fransiyada ko‘chalarga 800 mingdan ortiq odam chiqqan. Milliarder Bill Akman yuz berayotgan voqealarni “sivilizatsiyaning oxiri” deb atagan, mahalliy aholi esa buni chinakam inqilob deb baholagan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2-oktyabr kuni o‘quvchilar tartibsizligi sabab hukumat yig‘ilish o‘tkazgan. Fransiya Bosh vaziri mamlakat bo‘ylab yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokidagi tartibsizliklar sabab yig‘ilish chaqirgan edi.