O‘qish bahonasida Turkiyaga olib ketilgan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

O‘qish bahonasida Turkiyaga olib ketilgan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyaga o‘qish bahonasida olib ketilib, zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘smir O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

 

Turkiyaga o‘qish bahonasida olib borilgan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz majburiy nikohga undash, jismoniy zo‘ravonlik va majburiy mehnat holatlariga duch kelgan. U O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

 

Bosh konsulxona tomonidan advokatlar jalb etilib, voyaga yetmagan shaxsga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, u Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytarilgan.

 

Hozirda uning xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoyasini tashkil etish masalalari tegishli tashkilotlar nazoratiga olingani ma’lum qilingan.

 

Shu kabi holatlar bo‘yicha yordam so‘rash uchun 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki @huquqiy_yordam_uzbot orqali murojaat yuborish mumkin.