Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi

Asosiy olimpiadaning tuman bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki jarayonni to‘liq tugatmagan ishtirokchilar keyingi bosqichda qatnasha olmaydi.

 

Bugun, 10-oktyabr kuni soat 23:59 da 2026–2027-o‘quv yilgi Asosiy olimpiadaning II — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.

 

Avvalroq xabar berilganidek, ro‘yxatdan o‘tmagan yoki ro‘yxatdan o‘tish jarayonini to‘liq yakunlamagan ishtirokchilar olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida qatnasha olmaydi.

 

Olimpiadada ishtirok etish uchun ta’lim muassasasi direktori tomonidan ariza yuborilishi va ishtirokchi olimpiada.uzedu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

 

Ishtirokchilar olimpiada auditoriyasiga faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat va platformadan yuklab olingan ruxsatnoma bilan kirishga ruxsat beriladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnomalar:

 

Ta’lim muassasasi direktori uchun ariza yuborish yo‘riqnomasi — bu yerda

 

Ishtirokchini platformada ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘riqnomasi — bu yerda

 

Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, Fan olimpiadalari markazining maxsus boti yoki +998 71 207 05 24 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.