Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida tashkil etilgan yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligiga yangi vazir tayinlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Ushbu yangi vazirlikka  Erkinjon Turdimov  vazir etib tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong’irotboy Sharipov vazir lavozimidan ozod etilgach, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vaziri E’zoza Karimova esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Erkinjon Turdimov

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov 1969-yil 10-iyulda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ U 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 2024-yilda Fidokorona mehnatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

U 1991-yilda «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida boʻlim bosh mutaxassisi sifatida ish faoliyatini boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 1995-yilda Zarafshon shahri hokimi oʻrinbosari boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

1996–2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy bankining Navoiy boʻlimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2000–2008-yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani hokimi boʻlib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2008-yilda qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ Shundan soʻng Navoiy viloyatiga rahbarlik qilgan, 2016–2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2018-yildan Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠ 2025-yildan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠

2026-yilda Erkinjon Turdimov oʻtkazgan sayyor qabulda ish soʻrab kelgan fuqaroni matematik misollar bilan suhbatdan oʻtkazib, uni qoʻl mehnati bilan bogʻliq ishga joylash haqidagi fikrlari ham jamoatchilik orasida muhokama qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠⁠