Qo‘ng‘irotboy Sharipov yana Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga qaytdi. U bungacha 2019-yil noyabridan 2024-yil yanvarigacha mazkur universitetga rahbarlik qilgan.
Xabaringiz bor, Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliglari tugatilib, yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.
Tugatilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sobiq vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektori etib tayinlandi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipovga bu lavozim begona emas. U 2019-yil noyabridan 2024-yil yanvarigacha aynan Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti rektori bo’lib ishlagan.
Bundan tashqari Qo‘ng‘irotboy Sharipov 2009-2010 va 2017-2019 yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida faoliyat olib borgan, 2010-2017 yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor bo‘lgan, 2019 yilning mayidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
