Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida tashkil etilgan yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligiga yangi vazir tayinlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Ushbu yangi vazirlikka  Erkinjon Turdimov  vazir etib tayinlandi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong’irotboy Sharipov vazir lavozimidan ozod etilgach, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlandi.

 

Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vaziri E’zoza Karimova esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

Erkinjon Turdimov

 

Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov 1969-yil 10-iyulda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan. U 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 2024-yilda Fidokorona mehnatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

 

U 1991-yilda «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida boʻlim bosh mutaxassisi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 1995-yilda Zarafshon shahri hokimi oʻrinbosari boʻlgan.

 

1996–2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy bankining Navoiy boʻlimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2000–2008-yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani hokimi boʻlib ishlagan.

 

2008-yilda qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shundan soʻng Navoiy viloyatiga rahbarlik qilgan, 2016–2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan. 2018-yildan Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2025-yildan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

2026-yilda Erkinjon Turdimov oʻtkazgan sayyor qabulda ish soʻrab kelgan fuqaroni matematik misollar bilan suhbatdan oʻtkazib, uni qoʻl mehnati bilan bogʻliq ishga joylash haqidagi fikrlari ham jamoatchilik orasida muhokama qilingan edi.