E’zozxon Karimova ham yangi lavozimga tayinlandi

E’zozxon Karimova ham yangi lavozimga tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan E’zozxon Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi. E’zoza Karimova 2025-yil 31-iyuldan vazir lavozimiga tayinlangan edi.

 

Ungacha u:

 

— 2021−2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i;

— 2021−2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi;

— 2023−2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori ;

— 2025-yil 7-maydan 2025-yil 31-iyulgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

 

Avvalroq sobiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga qaytgani haqida xabar bergan edik.