Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Karimova E’zoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

U bunga qadar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

 

E’zoza Karimova: 

 

— 2021−2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i;

 

— 2021−2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi;

 

— 2023−2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.