Prezident bugungi kunda 40 ming nafar pedagog 1000 dollardan oylik olayotgani va bu ko’rsatkich 140 ming nafarga yetsa ham kamligini, bundan-da ko’proq bo’lishi kerakligini ta’kidladi.
Bugungi Prezident va oʻqituvchilar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuv davomida muallimning qadri va obroʻsini yuksaltirish natijasida sohaga koʻplab malakali pedagoglar kirib kelgani taʼkidlandi.
Jumladan, xalqaro va milliy sertifikatga ega oʻqituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda oʻqituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda 8 foiz, oʻrganilgan 91 davlatda oʻrtacha 40 foiz ekani keltirilgan.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda 40 ming nafar oʻqituvchi 1 ooo dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 000 dollardan yuqori maosh olmoqda.
Shuningdek, Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada gʻoliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati ragʻbatlantirilmoqda.
“40 ming emas, 140 ming ustoz 1000 dollardan olsa, bu ham kam, men koʻpayishi tarafdoriman”, — dedi Prezident.
Shuningdek, keyingi yildan boshlab «Yil o’qituvchisi» tanlovi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish taklifi berildi.
