Xodimlarga beriladigan yillik mehnat ta’tili muddati qancha?

Xodimlarga beriladigan yillik mehnat ta’tili muddati qancha?

O‘zbekistonda xodimlarga har yili kamida 21 kalendar kunlik asosiy mehnat ta’tili beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim toifadagi xodimlar uchun esa ta’til muddati 27 yoki 30 kalendar kungacha etib belgilangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra, xodim har yili kamida 21 kalendar kun asosiy mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu umumiy tartibda belgilangan eng kam ta’til muddatidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biroq barcha xodimlar uchun ta’til davomiyligi bir xil emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mehnat kodeksining 218-moddasiga muvofiq, ayrim toifadagi xodimlarga har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar — 30 kalendar kun;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar — 30 kalendar kun;
  • davlat hokimiyati va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari — 27 kalendar kun.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biroq bundan xodimlarning ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayrim kasb va toifalar uchun ta’til muddati boshqacha

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qonunchilikda ayrim xodimlarning mehnat vazifalari, faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va boshqa holatlar hisobga olinib, ular uchun ham asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili belgilanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday ta’til olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro‘yxati va ta’tilning davomiyligi tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan muddatdan ko‘proq mehnat ta’tili berishi ham mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun tegishli tartiblar jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir kun dam olinishi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠