HEMIS tizimi yana yangilandi: qanday yangi funksiyalar qo‘shildi?

HEMIS tizimi yana yangilandi: qanday yangi funksiyalar qo‘shildi?

HEMIS tizimining yangi versiyasida talabalar davomatiga oid ma’lumotlarni kim kiritganini ko‘rish, baholarni umumiy nazorat qilish va turli hisobotlarni Excel formatida yuklab olish imkoniyatlari qo‘shildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tizimning yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unga ko‘ra, HEMIS mas’ullari uchun bir qator yangi funksiyalar va qulayliklar joriy etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Jumladan, endilikda talabaning sababli deb belgilangan dars soatlari tizimga kim tomonidan kiritilganini ko‘rish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shuningdek, davomat hisobotlarini ixtiyoriy sanalar oralig‘i yoki kunlik kesimda Excel formatida yuklab olish imkoniyati yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bundan tashqari, “Qaydnoma baholari” funksiyasi ishga tushirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U orqali barcha talabalarning fanlar bo‘yicha olgan baholarini ko‘rish, monitoring qilish va eksport qilish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Buyruqlar reestri” funksiyasi ham qo‘shildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha rasmiylashtirilgan buyruqlarni ko‘rish imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, “Talabalar bazasi” va “Talabalar ro‘yxati” bo‘limlariga yangi filtrlar qo‘shilgan, kvota hujjatlari funksionali kengaytirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Endilikda kvotaga oid hujjatlar bilan birga tahlil jadvallarini ham tayyorlab, vazirlikka taqdim etish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Talabalarning pasport ma’lumotlarini davlat reyestri orqali tekshirish jarayoni ham takomillashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yana bir o‘zgarishga ko‘ra, transkript hujjatini elektron raqamli imzo orqali dekan va registrator ofisi boshlig‘i tasdiqlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq HEMIS mobil ilovasi orqali grant olish uchun onlayn ariza yuborish, fanlar bo‘yicha apellyatsiya berish, elektron kutubxonadan foydalanish va boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkinligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠