Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir kun dam olinadi

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir kun dam olinadi

1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan xodimlar uchun faqat bir kunlik dam olinadi, boshqa qo‘shimcha dam olish kuni nazarda tutilmagan.

 

Joriy yilda 1-oktyabr, payshanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. Shu kuni tashkilot va muassasalarda odatiy ish jarayoni olib borilmaydi.

 

2-oktyabr, juma kuni esa barcha xodimlar uchun odatdagi tartibda ish kuni bo‘ladi. Ya’ni bayramdan keyingi kun uchun qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan.

 

3-oktyabr, shanba kuni esa xodimlarning ish haftasi tartibiga qarab belgilanadi. 5 kunlik ish haftasida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun shanba kuni dam olish kuni bo‘lsa, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagidek ish kuni bo‘ladi.

 

Shunday qilib, ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktyabrda dam olinadi, 2-oktyabrda o‘qish hamda ishga boriladi, 3-oktyabr kuni esa 5 va 6 kunlik ish haftasiga qarab dam olish yoki ish kuni bo‘ladi.

 

Avvalroq, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.