Jarqo‘rg‘onda o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan mansabdor jarimaga tortildi

Jarqo‘rg‘onda o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan mansabdor jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ch.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumayev maktab direktorlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilgani aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga nisbatan 100 BHM miqdorida jarima qo‘llanildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 56-maktab pedagog xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani aks etgan video tarqalgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘rganishlar natijasida Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ch.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumayev tomonidan maktab direktorlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan ta’mirlash ishlariga majburiy ravishda jalb qilish holati o‘z tasdig‘ini topgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat bo‘yicha Ch.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumayevning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi talablariga zid deb topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunga ko‘ra, Ch.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumayevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi ikkinchi qismi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Marhamatda o‘qituvchilar “majburiy mehnatga jalb etilgan” deb topilib, direktor esa 42 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠