O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida xizmat ko‘rsatgan pedagog, murabbiy va soha xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

 

Bugun, 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga muvofiq, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida xizmat ko‘rsatgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan mukofotlandi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan

 

Saidov Ergash Allanazarovich – Denov tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Saparbayev Azimbay Saburovich – Amudaryo tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan

 

Shamukaramov Kamil Tuygunovich – Chinoz tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Xakimova Raxima Salijonovna – Namangan shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

 

Raimov Ismatulla – Zomin tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoatchilik kengashi raisi, Jizzax viloyati

Soleyev Axmadjon – Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan

 

Kurbonov Mirtemir Shodiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

 

Muqimov Botirbek Ashurovich – Oltinko‘l tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Najmidinov Vaxiddin Ergashevich – Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘limi murabbiysi

 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

 

Uteyeva Gulnora Lukmanovna – R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘limi jo‘rnavozi

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

 

Mamajanov Alijon – Farg‘ona davlat universitetining tilshunoslik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

Meliyev Abduhalim Xurramovich – Samarqand shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan 59-maktab-internati direktori, Samarqand viloyati

Muxamedbayeva Zamira Abduljaparovna – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori, Sirdaryo viloyati

Nishanov Nurmuxamad Xajimamatovich – Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Ochilov Shuxrat Saidovich – Buxoro tumani sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

Yo‘ldashev Dilmurod Karimjonovich – Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Ko‘chkinov Ziyodullo Axmedovich – Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mirtadjiyeva Karamat Taxirovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti laboratoriya mudiri

Sayimova Sarsengul Alpisbayevna – Qorao‘zak tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Safarov Eshkabul Yuldashovich – O‘zbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori

Uzakov Zair – Qarshi davlat texnika universiteti kompyuter tizimlarining dasturiy va texnikaviy ta’minoti kafedrasi professori, Qashqadaryo viloyati

 

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

Vinogradova Valentina Ivanovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi

Gofurova Saodat Musayevna – Marg‘ilon shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Pardayev Shukurulla Bozorovich – Boyovut tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Usmanova Nargiza Mirzadavlatovna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 190-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna – Jizzax davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, Jizzax viloyati

 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

Abdullayeva Gulnoz Xasanovna – Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Bekmurodova Sojida O‘ralovna – Yakkasaroy tumanidagi 160-ixtisoslashtirilgan maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Isxakova Mavlyuda Raxmanovna – Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining pedagogika va psixologiya kafedrasi dots.nti

Muratova Gulbaxor Kamilevna – Yunusobod tumanidagi “Erudite education” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri

Nurova Nargiza Tashevna – Karmana tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-maktab-internatining yakka eshitish fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Xakimova Abidaxon Azimjonovna – Asaka tumanidagi 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Andijon viloyati

Xoliqov To‘raqul Jo‘rayevich – G‘ijduvon tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Shodiyev Bektosh Shokirovich – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

Angela Papenburg – Germaniya Federativ Respublikasining “GP Günter Papenburg AG” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi

Bayriyeva Almagul Qurbanovna – Qoraqalpoq davlat universitetining siyosatshunoslik va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri

Begisheva Laura Dyusheyevna – Xonobod shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Buzikova Gulsina Fayazovna – Yashnobod tumanidagi “Diplomat international school” nodavlat ta’lim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Imamov Erkin Zunnunovich – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasi professori

Kan Lyudmila Nikolayevna – Yashnobod tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Kandregula Ganga Bhavani Santosh Kumari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ekspertlar kengashi a’zosi

Mattias Klingenberg – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari

Muratkin Valeriy Nikolayevich – Bektemir tumanidagi 1-sport maktabining yo‘riqchi-uslubchisi, Toshkent shahri

Razova Batpa Pazilovna – Bo‘stonliq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Sattorov Bobonazar Nuftillayevich – Kasbi tumani 1-texnikumi direktori, Qashqadaryo viloyati

Fu Zengzheng – Xitoy-O‘zbekiston kasbiy ta’lim alyansi bosh kotibining o‘rinbosari

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

 

Abdurafikova Dildora Abduvaxidovna – Ohangaron shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 7-maktab logopedi, Toshkent viloyati

Abduraxmonova Nigora Xudoyberdiyevna – Abu Ali ibn Sino nomidagi Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati

Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich – Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakulteti kafedra mudiri, Qashqadaryo viloyati

Turdiboyev Abdug‘ani Abdug‘apporovich – Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazi direktori, Farg‘ona viloyati

 

“Mardlik” ordeni bilan

 

Allambergenova Nigora Gulmurzayevna – Qonliko‘l tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Musayev Mirzaxmat Baymatovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi

Kushmurotov Elmurot Jurakulovich – “University of innovation technologies” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Safarov Suhrobjon Yangiboy o‘g‘li – Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabi direktori, Surxondaryo viloyati

Yunusov Axmadali Xaydaraliyevich – Uchko‘prik tumani 2-texnikumining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

Aliyeva Nargiza Ziyodillayevna – Navoiy pedagogika texnikumining pedagogika psixologiyasi fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Boboyev Po‘lat Jumaboyevich – Hazorasp tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Gadoyev Azizbek Ilxomovich – Guliston shahridagi “Bolajonlar xonadonim quvonchi” oilaviy bolalar uyi rahbari, Sirdaryo viloyati

Yevstafeva Oksana Shukurovna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi  190-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Mukumova Shaxnoza Buranovna – Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining musiqa nazariyasi va fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Pardayeva Gavhar Doniyorovna – Samarqand shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Umirzakov Alisher Abdikasimovich – Ohangaron tumanidagi “Ilg‘or kichkintoylar” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Toshkent viloyati

Xalmatov Komil Turniyazovich – Respublika velosport mahorat maktab-internati direktori

Ergasheva Firyuza Davlatovna – Kogon shahridagi “Anisaoy” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati

 

“Jasorat” medali bilan

 

Yembergenova Gulnara Joldasbayevna – Nukus shahridagi “Baxtli oila” oilaviy bolalar uyi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ziyotov Farrux Saodilla o‘g‘li – Qarshi shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan 18-maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Karshiyeva Gulnoza Turakulovna – Tomdi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Ro‘zmetova Laylo Xudoyorovna – Nurobod tumanidagi 78-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

 

Mamatova Nazokat Sharipbayevna – Urganch shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-maktab-internati direktori, Xorazm viloyati

Mo‘minov Fazliddin Xusniddin o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yig‘ma-axborot va hududiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Rasulov Sodiq Sa’dullayevich – Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari

Tolipov Shoxjaxon Ulug‘bek o‘g‘li – Buvayda tumanidagi “Vint” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Xamdamov Nodir Muxamatovich – Kogon shahridagi “Akbarjon barakat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

Abdubekova Madina Rovshan qizi – Yunusobod tumanidagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining vokal sinfi o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘li – Buxoro davlat texnika universitetining elektr va energetika muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Sangirov Jumaniyoz Alijon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi raisi o‘rinbosari

Xasanov Azizbek Erkin o‘g‘li – Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Shukurullayeva Mohinur Baxrom qizi – Taxiatosh tumanidagi 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yuldashev Farrux Xudayarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi rahbari

 

“Shuhrat” medali bilan

 

Abdiyeva Turdigul Abdujabbarovna – Samarqand shahridagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Avlakulov Davron Olimovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Alibayeva Barno Musurmonovna – Do‘stlik tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Alimova Saodatxon Toyirovna – Quva tumanidagi 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Axmatova Karomat Abdulazizovna – Yunusobod tumanidagi 259-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Axmetova Shaxnoza Tolkunovna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

G‘iyosov Xasan Mamirovich – Sharof Rashidov tumani ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Ismoilova Odinaxon Abdukaxxarovna – Izboskan tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtisod fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Yo‘ldosheva Nasiba Maxsud qizi – Gurlan tumanidagi “Yo‘ldosheva Nasiba” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Kamalov Ne’matjon Bahodirovich – Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Kattayeva Shahnoza Shodiyevna – Navoiy shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Kurbanova Iroda Djalalovna – Qo‘qon shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Qulmanova Nodira Eshdavlat qizi – Jarqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mengliyeva Xursand Rajabovna – Nishon tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna – Olmaliq davlat texnika institutining metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani, Toshkent viloyati

Murodova Marziya Majitovna – Vobkent tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Pardayeva Yulduz Ibragimovna – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Sadinov Abror Samadovich – Paxtachi tumani 1-texnikumi direktori, Samarqand viloyati

Sadullayeva Nigora Ruslanovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi direktorining o‘rinbosari

Sangirova Zamira Bozorboyevna – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining pedagogik mahorat va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

Sobitov Axmadjon Marxamatovich – Mirobod tumanidagi “Novda Edutainment” yangi avlod darsliklarini tayyorlash jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Sulaymonov Tal’at Xayotjonovich – Yangiobod tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Jizzax viloyati

Temirova Adolat Avazxanovna – Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent viloyati

Tohirov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li – Chust tumani ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Umarova Muazzam Ergashevna – Shahrisabz tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Umarova Saidaxon Pulatovna – Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Urunov Anvar Jamoliddinovich – Namangan shahridagi “LSL school” xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati

Xolxodjayev Boxodir Asatullayevich – Toshkent davlat texnika universitetining oliy matematika kafedrasi dots.nti

Xudoyberdiyev Dilshod Anorboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

Choriyeva Nilufar Shaydullayevna – Muzrabot tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha shaxmatchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha Prezident Farmoni qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.