Shaxmatchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha Prezident Farmoni qabul qilindi

Shaxmatchilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha Prezident Farmoni qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan shaxmatchilar faxriy unvon va mukofotlar bilan taqdirlandi.

 

Samarqand shahrida oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan shaxmatchi va grossmeysterlar oʻrtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgani uchun bir qancha shaxmatchilar va ularning murabbiylari taqdirlandi. Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan quyidagi shaxmatchi va murabbiylar taqdirlandi:

 

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan:

Madaminov Muxiddin Baxodirjon oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan:

Abdusattorov Nodirbek Fazliddin oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

Voxidov Shamsiddin Pulat oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

Yakubboyev Nodirbek Murodbek oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan:

Kasimjanov Rustam Mashrukovich — milliy jamoa bosh murabbiysi

Shermuhammadov Samandar Nurulla oʻgʻli — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa murabbiysi

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

Sindarov Komil Oydinovich — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

Sindarov Javohir Sanjarbekovich — milliy jamoa aʼzosi

 

“Doʻstlik” ordeni bilan:

Moʻminova Nafisa Alisherovna — ayollar milliy jamoasi bosh murabbiysi

Sattarov Bobir Muxamadi oʻgʻli — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi

Talipov Rashid Azatovich — Vazirlar Mahkamasining sport yoʻnalishi boʻyicha masʼul xodimi

 

“Mardlik” ordeni bilan:

Vaxidov Jaxongir Tairovich — milliy jamoa aʼzosi

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa aʼzosi

Kakishova Selbi Saparbay qizi — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa aʼzosi

Kimsanboyev Axadxon Azizxon oʻgʻli — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa aʼzosi

Mamarajabov Sardorbek Zohidjon oʻgʻli — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa aʼzosi

Shayusupov Marsel Vyacheslavovich — Parashaxmat boʻyicha milliy jamoa aʼzosi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Abdisalimov Abdimalik Boxodir oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

Azizov Komiljon Ikromovich — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining mutaxassisi

Begmuratov Humoyun Xusniddinovich — milliy jamoa aʼzosi

Mardonov Javlon Oʻtkir oʻgʻli – Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining mutaxassisi

Nigʻmatov Ortiq Ravshan oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor oʻgʻli — milliy jamoa aʼzosi

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan:

Djumayev Baxtiyor Melikulovich — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining mutaxassisi, sharhlovchi

Imomqoʻziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi — milliy jamoa aʼzosi

Karimova Guldona Abubakir qizi — milliy jamoa aʼzosi

Omonova Umida Shuhrat qizi — milliy jamoa aʼzosi

Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi — milliy jamoa aʼzosi

Xamdamova Afroʻza Akbarovna — milliy jamoa aʼzosi

 

Shuningdek, shaxmat olimpiadasi gʻoliblariga 200 ming dollargacha mukofot puli beriladi.