208 nafar oʻqituvchiga 616 mln soʻmdan tashlab berildi

208 nafar oʻqituvchiga 616 mln soʻmdan tashlab berildi

“Yil oʻqituvchisi” tanlovida gʻolib boʻlgan 208 nafar oʻqituvchining barchasiga 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻlari tashlab berilgani aytilmoqda.

 

Joriy yildan boshlab “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSH dollaridan ziyod pul mablagʻi berish reja qilingandi.

 

Mazkur tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Joriy yilgi tanlovda Respublika boʻylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, 208 nafar oʻqituvchining barchasiga 616 mln soʻmdan tashlab berilgan.

208 nafar oʻqituvchiga 616 mln soʻmdan tashlab berildi