Kuzgi attestatsiyada qatnashish uchun ariza berish 1-oktyabr kuni yakunlanadi

Kuzgi attestatsiyada qatnashish uchun ariza berish 1-oktyabr kuni yakunlanadi

Avgust dekabr oylarida boʻlib oʻtadigan kuzgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish 1-avgust kuni boshlangan va 30-sentyabrga qadar davom etadi. Ariza topshirish uchun 3 kun vaqt qoldi.

 

“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan talablarga koʻra, attestatsiya uchun pedagoglardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.

 

Yaʼni, kuzgi attestatsiya uchun arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Agar oʻqituvchilar arizani soʻnggi muddatlarda topshirsa va xatolikka yoʻl qoʻyadigan boʻlsa, vazirlik tomonidan hujjatlar rad etilgandan keyin, oʻqituvchi uni qayta tahrirlay olmaydi.

Shuningdek, hujjatlaridagi xatolik tufayli arizasi rad etilgan pedagoglarning attestatsiya uchun amalga oshirgan toʻlovlari ularga qaytarilmaydi.

Eslatma! Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz miqdorida toʻlov qilinadi.



Attestatsiya uchun arizalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedagog.uzedu.uz platformasi va my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.