Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt to‘lovining 30 foizi qoplab berish uchun uchun onlayn ariza berish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt to‘lovining 30 foizi qoplab berish tartibi belgilangan edi.
Unga ko‘ra, mazkur toifadagi xodimlarning farzandlariga O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida o‘qish uchun yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravaridan oshmasligi kerak.
Endi my.gov.uz portali orqali ham kontraktning bir qismini qoplash uchun subsidiyaga ariza berishi mumkin.
Buning uchun my.gov.uz portali orqali yoki mygov ilovasi orqali «Davlat tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt qiymatini qisman qoplash» xizmati tanlanadi va ariza beriladi.
