Toshkent davlat pedagogika universitetining bir nechta binosi sotuvga qo‘yildi

Toshkent davlat pedagogika universitetining bir nechta binosi sotuvga qo‘yildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tegishli bir nechta binolari elektron auksion orqali sotuvga qo‘yildi. Obyektlarning umumiy boshlang‘ich narxi 1 trillion so‘mdan oshadi.

 

Toshkent shahar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi bir nechta binolari va yer uchastkalari elektron auksion orqali sotuvga chiqarildi. Ularning jami boshlang‘ich qiymati 1 trln 467,7 mlrd so‘mni tashkil etadi.

 

Xususan, universitetning Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasida joylashgan, yotoqxonalar hududini o‘z ichiga olgan 1 gektarlik yer uchastkasi binolari bilan birga sotuvga qo‘yilgan. E-auksion.uz e’loniga ko‘ra, obyektning boshlang‘ich narxi 272,3 mlrd so‘m etib belgilangan.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur yer uchastkasi nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish va hududdagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan sotiladi.

 

Shu bilan birga, universitetning quyidagi obyektlari ham sotuvga chiqarilgan:

 

  • Chilonzor-19 mavzesidagi Tabiiy fanlar fakulteti binosi — 2,25 gektar. Boshlang‘ich narxi 325,9 mlrd so‘m. Nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish va faoliyat turini saqlash sharti mavjud.
  • Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Harbiy ta’lim fakulteti binosi — 2,52 gektar. Boshlang‘ich narxi 268,7 mlrd so‘m. Obyektdan nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etish va faoliyat turini saqlash talab etiladi.
  • Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasidagi Filologiya fakulteti binosi — 52 sotix. Boshlang‘ich narxi 141,1 mlrd so‘m. Ushbu obyekt ham nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish va faoliyat turini saqlash sharti bilan sotilmoqda.

 

Bundan tashqari, Kambag‘allikdan chiqarish va bandlik vazirligining Toshkent shahri Nukus ko‘chasidagi binosi ham auksionga qo‘yilgan. Maydoni 58 sotix bo‘lgan ushbu obyektning boshlang‘ich narxi 180 mlrd so‘m etib belgilangan. Unda ofis va xizmat ko‘rsatish sohasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Olmazor tumani Farobiy ko‘chasidagi binosi ham sotuvga chiqarilgan. Maydoni 1,9 gektar bo‘lgan obyektning boshlang‘ich narxi 280 mlrd so‘m. Bu yerda ham ofis va xizmat ko‘rsatish sohasini tashkil etish belgilangan.

 

Avvalroq, talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlarga vazirlik munosabat bildirgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish