Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qilishicha, ota-onalardan kelib tushayotgan murojaat va takliflar inobatga olinib, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida qoʻshimcha sinflarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-oʻquv yili uchun tayyorlov guruhi va 1-sinfga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Birinchi bosqichda bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan rasmli sinovlar oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu bosqichda matn oʻqish yoki yozish talab etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Suhbatning oʻtkazilish tartibi boʻyicha batafsil maʼlumot alohida eʼlon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli kirish sinovlari ham davlat tilida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha qabul bo‘yicha muddatlar, hujjat topshirish tartibi va boshqa tafsilotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠