Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida qoʻshimcha qabul oʻtkazilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qilishicha, ota-onalardan kelib tushayotgan murojaat va takliflar inobatga olinib, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga toʻlov-shartnoma asosida qoʻshimcha sinflarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2026/2027-oʻquv yili uchun tayyorlov guruhi va 1-sinfga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqichda bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan rasmli sinovlar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda matn oʻqish yoki yozish talab etilmaydi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadi. Suhbatning oʻtkazilish tartibi boʻyicha batafsil maʼlumot alohida eʼlon qilinadi.
Taʼlim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu sababli kirish sinovlari ham davlat tilida tashkil etiladi.
Qo‘shimcha qabul bo‘yicha muddatlar, hujjat topshirish tartibi va boshqa tafsilotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
