Qanday holatlarda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi?

Qanday holatlarda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarorida belgilangan Nizomda to’g’ridan-to’g’ri, sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlar belgilab o’tilgan.

 

Unga ko’ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi:

 

– xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, kasbiy ta’lim va malaka oshirish ta’limini olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari;

 

– O‘zbekiston hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) yoki qo‘shma ta’lim dasturlari asosida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan xorijiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

 

– ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

 

– xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning mablag‘lari hisobidan ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

 

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari va boshqalar

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish