Bog‘cha va maktablarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va psixologning yillik ish rejasi tasdiqlandi

Bog‘cha va maktablarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va psixologning yillik ish rejasi tasdiqlandi

2026-2027 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi hamda psixologning yillik ish rejasi tasdiqlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

MMTVning 2026-yil 6-avgustdagi Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi 288-sonli buyrug‘i qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unga ko‘ra, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tadbirlar qisqa, harakatli, koʻrgazmali va oʻyin faoliyatiga asoslangan boʻlishi, bolalarni uzoq vaqt bir holatda turishga, kutishga yoki murakkab matnlarni yodlashga majbur qilmasligi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tadbirlar bolalarning yoshiga qarab ijodiy topshiriqlar, muhokama, loyiha, intellektual oʻyin, musobaqa, debat va boshqa interaktiv usullar asosida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tadbirlarni uzoq davom etadigan maʼruzalar, ketma-ket tabrik nutqlari yoki bolalarning faqat passiv tomoshabin sifatida ishtirok etishiga asoslangan shaklda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalarning ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy, pedagogik, texnik va kommunikatsion sharoitlar yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– kichik guruh tarbiyalanuvchilari uchun – 25 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– oʻrta guruh tarbiyalanuvchilari uchun – 30 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun – 35 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun – 40 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

maktab yoshidagi bolalar uchun: ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– 1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– 5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

– 10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Uzoq davom etadigan tadbirlarda bolalarning dam olishi, suv ichishi va fiziologik ehtiyojlarini qondirishi uchun tanaffuslar tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida bolalarni taʼlim mashgʻulotlaridan asossiz ravishda ajratish, dam olish va ovqatlanish vaqtini cheklash, uzoq yoki ketma-ket majburiy repetitsiyalar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • bolalarni kamsitish, haqorat qilish, uyaltirish, qoʻrqitish, mazax qilish, jazolash yoki oʻzaro salbiy taqqoslash;
  • bolaning tashqi koʻrinishi, qobiliyati, sogʻligʻi, oilaviy yoki ijtimoiy holati yuzasidan uning qadr-qimmatiga putur yetkazadigan izohlar berish;
  • bolalarning yoshiga mos boʻlmagan, zoʻravonlik, shafqatsizlik, oʻz joniga qasd qilish, kamsitish, ekstremizm, giyohvandlik, tamaki yoki alkogolni targʻib qiluvchi materiallardan foydalanish;
  • bolalarda qoʻrquv, vahima yoki kuchli ruhiy zoʻriqishni keltirib chiqaradigan usullarni qoʻllash;
  • pirotexnika, ochiq olov, portlovchi moddalar va sogʻliq uchun xavfli jihozlardan foydalanish;
  • bolalarni mablagʻ yigʻish, majburiy xaridlar, reklama, tijorat yoki siyosiy targʻibot ishlariga jalb qilish;
  • sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda tadbir oʻtkazish;
  • bolalarning taʼlim olish, dam olish va ovqatlanish vaqtini asossiz cheklash.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Buyruqqa ilovalar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

  • Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy,madaniy hamda koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi — 1-ilovaga muvofiq;
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2026-2027-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi — 2-ilovaga muvofiq;
  • Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2026-2027-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi — 3-ilovaga muvofiq;
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologining 2026-2027-oʻquv yili uchun namunaviy ish rejasi — 4-ilovaga muvofiq;
  • Umumiy oʻrta taʼlim maktablari psixologining 2026-2027-oʻquv yili uchun namunaviy ish rejasi — 5-ilovaga muvofiq;
  • Umumiy oʻrta taʼlim maktablari o‘quvchilarining milliy ohanglar orqali tinglash madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘zbek milliy mumtoz navolarining haftalik taqsimoti — 6-ilovaga muvofiq.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Buyruq va ilovalar — Fayllarni yuklash⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ushbu tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash taʼlim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠