Joriy yilda tibbiyot yoʻnalishlariga super kontrakt yopildimi?

Joriy yilda tibbiyot yoʻnalishlariga super kontrakt yopildimi?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga 2026-yil 3-mart kuni “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi eʼlon qilingan edi.

 

Ushbu loyihada 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oshirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida talabalikka qabul qilish tartibi bekor qilish hamda davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun 70 foiz, oʻrta tibbiy xodim mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilash ilgari surilgan edi.

 

Hozircha ushbu qaror loyihasi amaldagi normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilinmagan. Shu sababli loyiha kuchga kirmagan va unda nazarda tutilgan oʻzgarishlar amaliyotga tatbiq etilmagan.

 

Amaldagi qonunchilikka koʻra, tibbiyot yoʻnalishlarida abituriyentlar uchun super kontrakt asosida talabalikka qabul qilish tartibi saqlanib qolmoqda.

 

Shuningdek, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning xabar berishicha, masʼullar tibbiyot yoʻnalishlariga super kontraktni bekor qilish boʻyicha oʻzgarish kutilmayotganini, ammo maʼlum bir boshqacha tartiblar belgilanishi mumkinligini maʼlum qilishgan. Bu haqda ham hozircha aniq va rasmiy xabar berilmagan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish