O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar bugun test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan oldindan tanishishlari mumkin (manzillar)

O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar bugun test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan oldindan tanishishlari mumkin (manzillar)

Bugun, 19–20-avgust kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ishtirokchilar tanishib ketishlari mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

 

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar bugun, 18-avgust kuni imtihon o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib olishlari mumkin.

 

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19–20-avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

 

Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 18-avgust kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha ruxsatnomasida ko‘rsatilgan manzildagi test binosiga borib, imtihon o‘tkaziladigan joy bilan tanishib olishlari mumkin.

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar manzili bilan ushbu sahifa orqali tanishish mumkin.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish