OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

Ayrim oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari e’lon qilina boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt summasi ta’lim yo‘nalishiga qarab 29,6 million so‘mdan boshlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaror bilan 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaror o‘z kuchini yo‘qotgan. Avval amal qilgan, kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga taalluqli tartib ham bekor qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Amaldagi tartibga ko‘ra, qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning 3 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2025-yildan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash vakolati OTM rektorlariga berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli turli oliygohlarda super-kontrakt summalari ta’lim yo‘nalishlariga qarab farq qilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 million so‘mdan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Universitetda eng yuqori super-kontrakt miqdori yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishlari uchun belgilangan bo‘lib, 90 million so‘mni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, super-kontrakt uchun ariza topshirish hali boshlanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi, buning uchun OTMga borish talab etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠