OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

Ayrim oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari e’lon qilina boshlandi. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt summasi ta’lim yo‘nalishiga qarab 29,6 million so‘mdan boshlanadi.

 

Xabaringiz bor, 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaror bilan 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaror o‘z kuchini yo‘qotgan. Avval amal qilgan, kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga taalluqli tartib ham bekor qilingan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi. Bunda super-kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning 3 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

 

2025-yildan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash vakolati OTM rektorlariga berilgan. Shu sababli turli oliygohlarda super-kontrakt summalari ta’lim yo‘nalishlariga qarab farq qilishi mumkin.

 

Masalan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 million so‘mdan boshlanadi.

 

Universitetda eng yuqori super-kontrakt miqdori yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishlari uchun belgilangan bo‘lib, 90 million so‘mni tashkil etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, super-kontrakt uchun ariza topshirish hali boshlanmagan. Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi, buning uchun OTMga borish talab etilmaydi.

 

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

OTMlar tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish