O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Ostonada o‘tkazilgan Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Olimpiadada 103 ta davlatdan 500 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan.

 

Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi — IOAI 2026’da O‘zbekiston terma jamoasi vakillari jami 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

 

Jumladan:

 

  1. Bilolbek Yo‘ldoshxo‘jayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — kumush medal;
  2. Muhammadziyo Saytjonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — bronza medal;
  3. Umrzoq Ochilov — Samarqand shahridagi Prezident maktabi — bronza medal.

 

Ta’kidlanishicha, olimpiadada 103 ta davlatdan 500 nafarga yaqin o‘quvchi qatnashgan.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida ilk bor ishtirok etdi.

 

Avvalroq, maktab o‘quvchilari o‘rtasida robototexnika va sunʼiy intellekt olimpiadasini o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish