Uyda bobosi va buvisini o‘ldirgan 14 yoshli o‘quvchi maktabga kelib otishma sodir etdi

Uyda bobosi va buvisini o‘ldirgan 14 yoshli o‘quvchi maktabga kelib otishma sodir etdi

Tailandning Bangkok shahri yaqinidagi maktablardan birida 14 yoshli o‘quvchi qurolli hujum uyushtirdi. Hodisa oqibatida besh nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat olgan. Rasmiylar ma’lum qilishicha, hujumchi maktabga kelishidan avval bobosi va buvisini ham o‘ldirgan, maktabdagi otishmadan keyin voqea joyida o‘z joniga qasd qilgan.

 

Bugun, 7-avgust kuni Tailandning Bangkok shahri shimoli-g‘arbidagi Bang Kruay tumanida joylashgan Debsirin Nonthaburi maktabida qurolli hujum sodir bo‘ldi.

 

Tailand Sog‘liqni saqlash vazirining BBC’ga ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida besh nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan, yana jarohatlanganlar bor. Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, mazkur hujumni 14 yoshli o‘quvchi sodir etgan. Hodisaning sabablari haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

 

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari tarqatgan suratlarda voqea joyida tez yordam mashinalari ishlayotgani, o‘quvchilar esa maktab hududidan olib chiqilayotgani aks etgan.

 

Reuters agentligi bilan suhbatlashgan 18 yoshli o‘quvchining aytishicha, u dastlab eshitilgan ovozlarni mushakbozlik yoki biror buyum urilishidan chiqqan shovqin deb o‘ylagan.

 

Avvaliga bu qurol ovozi deb o‘ylamadim. Ketma-ket bir necha marta o‘q uzildi. Keyin jimlik bo‘ldi, oradan biroz vaqt o‘tib yana otishma boshlandi, — dedi u.

 

Tailand Sog‘liqni saqlash vazirining ta’kidlashicha, gumonlanuvchi maktabga kelishidan avval o‘z bobosi va buvisini ham o‘ldirgan. Ularning jasadlari yashash uyidan topilgan.

 

Uyda bobosi va buvisini o‘ldirgan 14 yoshli o‘quvchi maktabga kelib otishma sodir etdi

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hujumda ishlatilgan 9 millimetrli to‘pponcha o‘quvchining bobosiga tegishli bo‘lib, u kasbi bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lgan.

 

Tuman ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-o‘quv yilida mazkur maktabda 3 100 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olgan, ta’lim muassasasida 147 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.

 

Bu joriy yilda bo‘lgan yagona holat emas. Joriy yil fevral oyida mamlakat janubidagi Hat Yai tumanidagi maktabda noma’lum shaxs o‘q uzishi oqibatida bir nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan, bir o‘quvchi esa jarohatlangan.

 

Tailandda noqonuniy qurol saqlash uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Shunga qaramay, mamlakatda qurol egalari soni mintaqadagi ayrim davlatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi.

 

So‘nggi yillardagi ommaviy otishmalardan keyin Tailandda qurol xarid qilish va qurol litsenziyasini yangilash tartiblari yanada kuchaytirilgan. Jumladan, qurol sotib olish yoki litsenziyani uzaytirish istagidagi fuqarolar uchun majburiy tibbiy ko‘rik talabi joriy etilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish