Talabani oʻqishga qayta tiklash uchun pora soʻragan texnikum dekani ushlandi

Talabani oʻqishga qayta tiklash uchun pora soʻragan texnikum dekani ushlandi

Talabalik roʻyxatidan chiqarilgan qizni oʻqishga qayta tiklashni vaʼda qilib, 700 AQSH dollari talab qilgan texnikum dekani ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda korrupsiyaga oid holat aniqlandi.

 

Maʼlum qilinishicha, 1972-yilda tugʻilgan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli texnikumda dekan lavozimida ishlagan shaxs farmatsevtika yoʻnalishining 3-bosqichidan talabalik safidan chiqarilgan qizni oʻqishga qayta tiklab, tahsilini davom ettirishiga yordam berishni vaʼda qilgan.

 

Buning evaziga u 700 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan pul mablagʻini taʼlim muassasasi hududida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Avvalroq, Surxondaryoda bog‘cha mudirasi 14 mln so‘m pora olayotganda qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish