2026-yil 1-iyuldan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari oshirildi: yangi to‘lovlar qancha bo‘ladi?

2026-yil 1-iyuldan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari oshirildi: yangi to‘lovlar qancha bo‘ladi?

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda bolalar nafaqasi, yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarning yangi miqdorlari amal qilmoqda. Shuningdek, ayrim to‘lovlar 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yangi miqdorlarda to‘lanadi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalari miqdori quyidagicha belgilandi:

 

Bolalar nafaqasi

 

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun — 386 000 so‘m;
  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun — 295 000 so‘m;
  • oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha nafaqa — 177 000 so‘m;
  • oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha nafaqa — 118 000 so‘m.

 

Moddiy yordam va nafaqalar

 

  • moddiy yordam — 450 000 so‘m;
  • yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m;
  • nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga yoshga doir nafaqa — 878 000 so‘m;
  • I guruh nogironlik nafaqasi — 1 209 000 so‘m;
  • II guruh nogironlik nafaqasi — 1 083 000 so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi — 878 000 so‘m;
  • 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasi — 1 083 000 so‘m;
  • parvarishlash nafaqasi — 878 000 so‘m;
  • uy-joy kommunal xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya — 226 800 so‘m;
  • 100 yosh va undan oshgan fuqarolarga nafaqa — 504 000 so‘m;
  • yakka yolg‘izlarga moddiy yordam — 715 000 so‘m;
  • dafn marosimi nafaqasi — 2 016 000 so‘m.

 

1-sentyabrdan amal qiladigan to‘lovlar

 

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ayrim to‘lovlar ham quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

 

  • ozod qilingan shaxslarga moddiy yordam — 2 640 000 so‘m;
  • bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli) — 956 800 so‘m.

 

Avvalroq, Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun ajratilgan grant ishlash tartibi haqida ma’lumot bergan edik.