Eksklyuziv: Qabulning ikkinchi bosqichi qachondan qachongacha bo‘lib o‘tishi ma’lum

Eksklyuziv: Qabulning ikkinchi bosqichi qachondan qachongacha bo‘lib o‘tishi ma’lum

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Davlat imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar qabulning ikkinchi, tanlov bosqichiga o‘tadi. Bilimni baholash agentligi ikkinchi bosqich 25-iyul kunidan boshlanishini ma’lum qildi.

 

Xabaringiz bor, 3 yildan buyon davlat OTMlariga qabul jarayonlari ‘‘avval test, so‘ng tanlov’’ tarzida amalga oshirilmoqda.

 

Qabulning birinchi – test bosqichi bugun to‘liq yakunlandi. 10 kun davom etgan imtihon jarayonlari, bugun 23-iyul kuni yakunlandi. Imtihon topshiruvchilarning eng oxirgi qismi soat 15:00 dan boshlab test sinovidan o‘tishdi. Oxirgi kunning natijasi ertaga, 24-iyul kuni e’lon qilinadi. 

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ulining Talimxabarlari.uz ga ma’lum qilishicha, qabulning ‘‘tanlov’’ bosqichi 25-iyuldan ochiladi va 8-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

 

Bu bosqichda abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.

 

Ushbu bosqich bo‘lib o‘tadigan sanalar yaqin orada agentlikning rasmiy sahifalarida ham e’lon qilinadi.

 

‘‘Tanlov’’ bosqichi yakunlangach, 9–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish ishlari olib boriladi.

 

Mandat e’lon qilingandan so‘ng oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ikkinchi bosqich arafasida abituriyentlar o‘tgan yillardagi o‘tish ballari bilan tanishish, viloyatlar kesimida statistika va yo‘nalishlarni solishtirish hamda sun’iy intellekt yordamida to‘plagan ballari bilan qaysi oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlariga kirish imkoniyati yuqori ekanini tahlil qilish uchun @mandat_javobbot’dan foydalanishlari mumkin.

 

Avvalroq o‘tgan yil bilan taqqoslaganda qabulda qanday o‘zgarishlar yuz berdi?, sarlavhasida maqola e’lon qilgan edik.