Endi SAT sertifikati o‘qishni ko‘chirishda ham amal qiladi

Endi SAT sertifikati o‘qishni ko‘chirishda ham amal qiladi

SAT sertifikatiga ega talabgorlar endilikda o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham ushbu xalqaro sertifikatdan foydalanishlari mumkin. Mazkur tartib matematika va chet tili fanlar majmuasiga kiruvchi yo‘nalishlarga tatbiq etiladi.

 

Xorijdagi hamda O‘zbekistondagi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirishda matematika va chet tili fanlar majmuasiga kiruvchi yo‘nalishlarga o‘tayotgan talabgorlar uchun endilikda SAT sertifikati ham amal qiladi.

 

Bunda SAT sertifikati bali 1200 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

 

Hozircha mazkur imtiyozni qo‘llash mexanizmi rasman e’lon qilinmagan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu tartib bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi hamda talabgorlarga SAT sertifikatini tizimga yuklashni tavsiya etdi.

 

Shuningdek, SAT sertifikati asosida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar o‘z natijalarini 35787 DI kodi orqali Bilimni baholash agentligiga yuborishlari lozim.

 

Avvalroq, magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkinligi haqida xabar bergan edik.