O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi

Talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash jarayonida qo‘llaniladigan turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati e’lon qilindi. Mazkur ro‘yxat o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratilgan.

 

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

 

– “Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;

 

– “Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;

 

– “Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;

 

– “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

 

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

 

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori boʻyicha turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Avvalroq, o‘qishni ko‘chirish uchun elektron so‘rovnomaga qanday ma’lumotlar kiritilishi haqida xabar bergan edik.