Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘lgan yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘lgan yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston terma jamoasi Koreyada oʻtkazilgan xalqaro robototexnika musoboqasida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, jahon chempioni boʻldi. Prezident farmoni bilan gʻoliblar va ularning murabbiylari mukofotlandi.

 

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge – 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan jahon chempioni boʻldi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

 

Farmonga koʻra, musoboqa ishtirokchilari va murabbiylari quyidagicha mukofotlandi:

 

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

 

 

Boʻtaxonov Ziyodulla Zoyirjon oʻgʻli – Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi bosh murabbiysi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

 

Salomov Ibroxim Uktamovich – jamoa sardori

 

Abdujabborov Abdullox Abdugʻofur oʻgʻli – jamoa texnik murabbiysi

 

Akbarov Shoxruxbek Aʼzamjon oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Kosimov Akbarshox Anvar oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Miraxmedov Ayubxon Anvar oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Pardayev Umarbek Sherzod oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Sodiqov Shukrullo Sherali oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Teshabayev Maxkambek – jamoa aʼzosi

 

Teshabayeva Safina – jamoa menejeri

 

Tojiqoʻziyev Jasurbek Rustamjon oʻgʻli – jamoa aʼzosi

 

Urmanov Baxodir Doniyorovich – jamoa aʼzosi

 

Urmanov Xondamir Doniyorovich – jamoa aʼzosi

 

Yusupxoʻjayev Hasanxon Alisher oʻgʻli – jamoa menejeri

 

Bugun, 13-oktyabr kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlari topshirildi.

 

Erkinjon Turdimov oʻz nutqida yoshlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.