Erkinjon Turdimov ish so‘rab kelgan fuqaroga bergan misollarni siz ham yechib ko‘ring

Erkinjon Turdimov ish so‘rab kelgan fuqaroga bergan misollarni siz ham yechib ko‘ring

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning yangi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan davrida ish so‘rab kelgan fuqaro bilan suhbati aks etgan video tarqalmoqda.

 

Videoda Turdimov suhbatdoshining bilimlarini tekshirish maqsadida unga matematika fanidan bir nechta misolni qog‘ozga yozib beradi. Fuqaro misollarni ishlab bo‘lgach, Turdimov uning javoblarini tekshirib, barchasi noto‘g‘ri yechilganini aytadi.

 

Xo‘sh, ushbu misollarni siz yecha olasizmi?

Tahririyatimiz videodagi qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirib, berilgan misollarni taxminan quyidagicha tikladi:

 

1. Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish:
1/3 + 1/3 = ?
2. Manfiy sonlar ustida amallar:
−16 − 17 = ?
3. Musbat va manfiy sonlar ustida amallar:
−16 − 14 + 2 = ?
4. Funksiyaning hosilasini topish:
(5x²)′ = ?

 

Ushbu misollar maktab matematika dasturining turli bosqichlariga oid. Jumladan, kasrlarni qo‘shish boshlang‘ich sinflarda, manfiy sonlar bilan amallar o‘rta sinflarda, hosila mavzusi esa yuqori sinflarda o‘rganiladi.

 

To‘rtta misolning javoblarini ishlab, @uztdibot Telegram botiga yuboring.

 

 

Shuningdek, suhbat davomida Erkinjon Turdimov fuqaroning javoblarini tekshirgach, uning bilimi yetarli emasligini ta’kidlaydi.

 

«Sizning diplomingiz bizga o‘tmaydi, chunki bilimingiz yo‘q», deydi u.

 

Shuningdek, Turdimov fuqaroga qo‘l mehnati bilan bog‘liq ish topib berishini aytadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Erkinjon Turdimov 2026-yil 9-oktabrda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlangan. Mazkur video esa u Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan davrda tasvirga olingan.

 

Izoh: Yuqoridagi matematik misollar videodagi qo‘lyozmalar asosida taxminan tiklangan bo‘lib, asl misollardan ayrim farqlari bo‘lishi mumkin.