Endi abituriyentlar baliga mos ta’lim yo‘nalishini sun’iy intellekt yordamida oson tanlashi mumkin

Endi abituriyentlar baliga mos ta’lim yo‘nalishini sun’iy intellekt yordamida oson tanlashi mumkin

Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish yakunlangach, abituriyentlar uchun yangi sunʼiy intellekt yordamchisi ishga tushirildi. @mandat_javobbot orqali test ishlab koʻrish, natijalarni tahlil qilish hamda toʻplangan ballga mos oliygoh va taʼlim yoʻnalishlarini aniqlash mumkin.

 

Xabaringiz bor, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi. Endi abituriyentlarni eng muhim bosqich — test sinovlari kutmoqda. Aynan shu jarayonda ularga qulaylik yaratish maqsadida @mandat_javobbot Telegram botiga sunʼiy intellekt integratsiya qilindi. Bot abituriyentlarga test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish, natijalarini tahlil qilish va oliygoh tanlashda amaliy yordam beradi.

 

Bot orqali abituriyentlar test ishlab, oʻz bilim darajasini sinab koʻrishi mumkin. Test yakunlangach, sunʼiy intellekt natijalarni tahlil qilib, toʻplangan ball asosida qaysi oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlariga kirish imkoniyati yuqoriroq ekanini koʻrsatadi.

 

Shuningdek, foydalanuvchilar oʻz natijasiga mos yoʻnalishlarni tanlashi, oʻtgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishi hamda ularni viloyatlar kesimida solishtirib, qaysi hududdagi oliygohlarga hujjat topshirish maqsadga muvofiqligini aniqlashi mumkin

.

Bot sunʼiy intellekti abituriyentning balli, tanlagan fanlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, eng maqbul taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar qabul jarayoni, oliy taʼlim muassasalari, mandat va test sinovlariga oid koʻplab savollariga ham bot orqali tezkor javob olishlari mumkin.

 

Qabulning test bosqichiga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun @mandat_javobbot bilimini sinash, oʻz imkoniyatlarini baholash va toʻgʻri tanlov qilishda foydali raqamli yordamchi boʻlishi mumkin.

 

Avvalroq, abituriyentlar uchun ruxsatnomaga oldindan buyurtma berish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik.