Abituriyentlar ruxsatnomasi birin-ketin eʼlon qilinishni boshladi. 3-iyul kuni kasbiy va ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar eʼlon qilingan edi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 6-7-iyul kunlari testda ishtirok etadigan abituriyentlar uchun ham ruxsatnomalar eʼlon qilinadi.
Ruxsatnomada test sinovi topshirish hududi va hududga kelish vaqti, test topshirish joyi nomi, test topshirish manzili, test topshirish alifbosi, taʼlim shakli va taʼlim tili koʻrsatilgan boʻladi.
Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram boti yaratildi. Ushbu bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini yuklab olishi va oldindan buyurtma berishlari mumkin.
Abituriyent ruxsatnomasiga oldindan buyurtma berganda, ruxsatnoma eʼlon qilingach unga xabar boradi va yuklab olishi mumkin.
Hoziroq botdan foydalaning va ruxsatnoma uchun oldindan buyurtma bering.
