TDYUda “Yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha 2- va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

TDYUda “Yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha 2- va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar TDYUning maxsus 3 yillik taʼlim dasturi doirasida test sinovlari asosida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumatning 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan “Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur nizomga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar TDYUning maxsus 3 yillik taʼlim dasturi doirasida test sinovlari asosida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining faqat mutaxassislik fanlari va chet tili doirasida test jarayonlariga qatnashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda umumiy tartibdagi kirish imtihonlarida qoʻllaniladigan imtiyozlar (xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikatlar bundan mustasno) maxsus 3 yillik taʼlim dasturiga tatbiq etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot uchun: qabul TDYUning mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qabul parametrlaridan tashqari kvota doirasida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi va oʻqitishning kunduzgi, kechki, masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, TDYUning magistraturasida oʻqish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh taʼlim yoʻnalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, yurisprudensiya yoʻnalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠