Xorazmda 5-sinf o‘quvchisi CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi

Xorazmda 5-sinf o‘quvchisi CEFR B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi

5-sinfda o‘qib turib B2 darajasiga erishish har kimga ham nasib etmaydi. Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Kamronbek Usmonjonov ingliz tili fanidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, Hazorasp tumanidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Kamronbek Usmonjonov ingliz tili fanidan CEFR B2 darajali milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

 

Yosh o‘quvchi sertifikat imtihonida quyidagi natijalarni qayd etdi:

 

Tinglab tushunish (Listening) — 62 ball

O‘qish (Reading) — 53 ball

Yozish (Writing) — 55 ball

Gapirish (Speaking) — 49 ball

 

Umumiy natija: 55 ball (CEFR B2)

 

Ta’kidlash joizki, 5-sinf o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, Kamronbekning B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritishi uning ingliz tilini puxta o‘zlashtirayotgani va bilimga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi.

 

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 101-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Abduraxmonova Dilobar CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.